Menga O'rgat - Manzura
Lyrics by:Shaxboz Bahodirov
Composed by:Nodir Igamberdiyev
Davo bo'lmadi yillar
Davo bo'lmadi tunlar
Sensizlikka ko'nmadi yuragim o yuragim
Azobingda yondi bu dil
Orzular so'ndi birma-bir
Sensiz dardlar yutdi yuragim o yuragim
Begona begona bo'ldik biz ikkimiz
Yagona yagona edi-ku sevgimiz
Va'dalar va'dalar yolg'onmidi ahdimiz
Armon endi baxtimiz
Menga o'rgat menga o'rgat
Menga ham o'rgat
Sevgim unutishni menga
Seni unutishni menga
Menga o'rgat menga o'rgat
Menga ham o'rgat
Sevgim unutishni menga
Seni unutishni menga
Menga ham o'rgat
Bora-bora ko'ndi yurak
Yona-yona to'ldi yurak
Ayro endi taqdir yo'limiz o yo'limiz
Alamida yondi bu dil
Orzular so'ndi birma-bir
Armonlarga ko'ndi bu yuragim o yuragim
Begona begona bo'ldik biz ikkimiz
Yagona yagona edi-ku sevgimiz
Va'dalar va'dalar yolg'onmidi ahdimiz
Armon endi baxtimiz
Menga o'rgat menga o'rgat
Menga ham o'rgat
Sevgim unutishni menga
Seni unutishni menga
Menga o'rgat menga o'rgat
Menga ham o'rgat
Sevgim unutishni menga
Seni unutishni menga
Menga ham o'rgat