Onam - Ulug'bek Rahmatullayev
Lyrics by:Ulug'bek Rahmatullayev
Composed by:Ulug'bek Rahmatullayev
Tunlari chirog'im
Kunduzi quyoshim
Siz borsiz behuda
To'kilmas yoshim
Tunlari chirog'im
Kunduzi quyoshim
Siz borsiz behuda
To'kilmas yoshim
Mehringiz oldida egarman boshim
Mehriga minnatlar qo'shmagan onam
Otam ardog'idan tushmagan onam
Dil bergan do'st ba'zan dildosh bo'lolmas
Jon tikib joningga jondosh bo'lolmas
Hech kimsa siz kabi sirdosh bo'lolmas
Umrini umrimga to'shagan onam onam
Otam ardog'idan tushmagan onam
Onam onam onam onam
Mehribon onam onam
Bir umr bolam deb
Yashagan onam xokisor onam
Ko'zimdan dardlarim anglaganimsiz
Yurakdan gaplarim tinglaganimsiz
Ko'zimdan dardlarim anglaganimsiz
Yurakdan gaplarim tinglaganimsiz
Men deya halovat halovat bilmaganimsiz
Bolam deb bolam deb yashagan onam
Otam ardog'idan tushmagan onam
Onam onam onam onam
Mehribon onam onam
Bir umr bolam deb
Yashagan onam xokisor onam
Boladay yashardim ulg'aygan sari
Ey mehri mukarram umrim gavhari
Vaqt o'tib ko'zlari jim qarashlari
Tobora buvimga o'xshagan onam
Otam ardog'idan tushmagan onam
Onam onam onam onam
Mehribon onam onam
Bir umr bolam deb
Yashagan onam xokisor onam