Orqovuldan kelyatudim anqayib,
Oldimdan bir ko’za chiqdi do’mpayib.
Orqovuldan kelyatudim anqayib,
Oldimdan bir ko’za chiqdi do’mpayib.
Ko’za ichin ko’ray desam enkayib,
Kulcha misol ko’lvor yotar yalpayib,
o’-o’,
o’-o’.
Tushda ko’rsang, ganj dedilar ilonni,
Hushda ko’rsang, yanch dedilar ilonni.
Tushda ko’rsang, ganj dedilar ilonni,
Hushda ko’rsang, yanch dedilar ilonni.
Rahmon aytar: o’ldir-sindir, ol jonin,
Shayton aytar: qo’rib yotar o’ljani,
o’-o’,
o’-o’.
Tiqim tiqib, loy suvadim ko’zaga,
Chiqdim chanqab kapa tutgan gazaga.
Tiqim tiqib, loy suvadim ko’zaga,
Chiqdim chanqab kapa tutgan gazaga.
Cho’pon qimiz quyib-quyib kosaga,
Ketganmikan, ko’nglim ketdi bo’zaga,
o’-o’,
o’-o’.
Bo’za ichib, endi chiqsam kapadan,
Kadili bir opa o’tdi tepadan.
Bo’za ichib, endi chiqsam kapadan,
Kadili bir opa o’tdi tepadan.
Ichim kuyib, suv so’rasam, xafami,
Tumshuq qilib, tushmadi tosh supadan,
o’-o’,
o’-o’.
Supasiga suyab qo’yib ko’zamni,
Kutsammikan, kelgunicha jezzamni?
Supasiga suyab qo’yib ko’zamni,
Kutsammikan, kelgunicha jezzamni?
Bo’za rosa qizdiruvdi mazamni,
Boz ustiga sindirdi u sazamni,
o’-o’,
o’-o’.
Kapangizning chiyi chappa opam bo’y,
Bir ganakni yopay chippa opam bo’y.
Kapangizning chiyi chappa opam bo’y,
Bir ganakni yopay chippa opam bo’y.
O’lcham to’la tilla, xo’ppa, opam bo’y,
Ilon chiqsa, bo’g’ay g’ippa, opam bo’y,
o’-o’,
o’-o’.
Ko’rsam, ko’lvor po’sti qolgan ekanmi,
Mingta mingak uya solgan ekanmi.
Ko’rsam, ko’lvor po’sti qolgan ekanmi,
Mingta mingak uya solgan ekanmi.
Chaqaverib chaqa qildi tanamni,
O’sha kuni ko’rdim katta enamni,
o’-o’,
o’-o’.
Orqovuldan kelyatudim anqayib,
Oldimdan bir ko’za chiqdi do’mpayib.
Orqovuldan kelyatudim anqayib,
Oldimdan bir ko’za chiqdi do’mpayib.