Do'st (Live) - Xurshid Rasulov
Lyrics by:Xurshid Rasulov
Composed by:Xurshid Rasulov
Ruhimga shom cho'kib barg uzilganda
Turnalar munchoqdek saf tizilganda
Bir dardkash topolmay dil ezilganda
Men seni Xudodan tilab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Gulzor ko'p-u lekin gul topilmaydi
Dildor ko'p-u ammo dil topilmaydi
Do'sti yo'q yetimga yo'l topilmaydi
Men seni Xudodan tilab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Yolg'izlik yo'llari o'tilgan azal
Yurak qoni bilan bitilgan g'azal
Goho goho tug'ishgandan tutingan afzal
Men seni Xudodan tilab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Do'st deb tutganlarim ulfat bo'ldilar
Rizqimga chang solgan kalhat bo'ldilar
Boshimda aylanib kulfat bo'ldilar
Men seni Xudodan tilab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Foyda dastgohida loy bo'laman der
Oyog'i qaltirab boy bo'laman der
Boy bo'lsa endi xudoy bo'laman der
Men seni Xudodan tilab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Biz ko'kka yetaylik osmon tushmasin
Yomg'irga aylanib shayton tushmasin
Do'stim o'rtamizga yolg'on tushmasin
Men seni Xudodan tilab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Ko'zim yetgan joyga so'zim yetadi
Zo'r hofiz bo'laman ko'zim yetadi
Men yetmagan baxtga do'stim yetadi
Men seni Xudodan tilab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim do'st
Gohida pinhona yig'lab oldim