Oq gulim-Ummon Guruhi

Oq gulim

歌手:Ummon Guruhi

专辑:Oq gulim

时间:2017-08-27

    使用手机浏览器「扫一扫」

    在手机上保存,获得更好体验

标签
猜你喜欢的歌曲
歌词

Oq gulim - Ummon Guruhi

Lyrics by:Ummon guruhi

Composed by:Ummon guruhi

Nega bugun nega bugun

Bunchalar qiyin menga

Nega bu tun nega bu tun

Emas yurak butun

Qora ko'zlar meniki edi

Kimga qarar endi

Endi bu tun mani umrim

Sog'inib o'tar seni

Nega har tong nega har tong

Uyg'otar meni armon

Nahot har on nahot har on

Bo'lmaymiz yonma-yon

Tim qora uzun sochlarin bugun

Bilmam kim erkalar

Sog'inchim uzun uzundan-uzun

Tinmay yurak mahzun

Oq gulim sog'inib ketdim

Sensiz qorong'u - qiynalib ketdim

So'nggi bor ber menga imkon

Seni bir ko'ray hidlaringga to'yay

Oq gulim sog'inib ketdim

Sensiz qorong'u - qiynalib ketdim

So'nggi bor ber menga imkon

Seni bir ko'ray hidlaringga to'yay

Hayotimning eng shirin onlari

Bunchalar tez qaytmas bo'lib ketdi

Hayotimning eng go'zal tonglari

O'z go'zalliklarin yo'qotdi

Xayolimning eng nafis bog'lari

Xazonlarga aylanib qotdi

Hayotimning eng qimmat insoni

Bunchalar kam baholadi sevgim mani

Kechalari bedorman uyqu yo'q

Ko'chalar tuman taskin yo'q

Necha bora qildim qo'ng'iroq

Hatto bir bor yozib yubormading javob

Endi sani kimdan so'rab qaydan izlay

Ber sado sani topay

Usiz kechalar qanchalar qiyin o'tishini bilsa edi

Balki mani hech qachon tashlab ketmas edi

Nahot unutding sen meni

Nahot ko'rmayman endi seni

Sog'inch ichimdan ezaverar

Nigohing qo'msayverar

Sendan qoldi chuqur yod

Har tong uyg'otar meni armon

Har tong nafis shamol esar men tomon

Hidlaring kelib turardi ulardan

Sog'inch sinaydi irodam har tong

Oq gulim sog'inib ketdim

Sensiz qorong'u - qiynalib ketdim

So'nggi bor ber menga imkon

Seni bir ko'ray hidlaringga to'yay

Oq gulim sog'inib ketdim

Sensiz qorong'u - qiynalib ketdim

So'nggi bor ber menga imkon

Seni bir ko'ray hidlaringga to'yay

展开显示全部歌词