Karvon-Ozoda Nursaidova

Karvon

专辑:Orzularim

时间:2004-10-10

    使用手机浏览器「扫一扫」

    在手机上保存,获得更好体验

标签
猜你喜欢的歌曲
歌词

Karvon - Ozoda Nursaidova

Lyrics by:Ozoda Nursaidova

Composed by:Ozoda Nursaidova

Karvon ketar yuraklarim ezib-ezib

Surnay yig'lar jonimdan jon uzib-uzib

Ro'molimning panasidan ko'rinmasdaney

Ko'zyoshlarim oqib borar sizib-sizib

Ro'molimning panasidan ko'rinmasdaney

Ko'zyoshlarim oqib borar sizib-sizib

Peshonamga yozganiga qayrildim yor

Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor

Karvon yo'li qizg'aldoqzor bo'lsa nima

Yig'laymanda dunyo bezor bo'lsa nima

Taqdir degan qiz ko'ngliga qararmidi

Qiz yuregi suymasayu

Suysa nima

Peshonamga yozganiga qayrildim yor

Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor

O'z diyorim bo'larmidi o'zga diyor

O'ksimagin jonim senda qoldiku yor

Meni yodga bermaginu undan ko'ra

O'ldir meni o'z tuprog'im bag'riga sol

Peshonamga yozganiga qayrildim yor

Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor

Karvon ketar yuraklarim ezib-ezib

Surnay yig'lar jonimdan jon uzib-uzib

Ro'molimning panasidan ko'rinmasdaney

Ko'zyoshlarim oqib borar sizib-sizib

Peshonamga yozganiga qayrildim yor

Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor

Peshonamga yozganiga qayrildim yor

Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor

Ne qilayin men o'zingdan ayrildim yor

Karvon ketar yuraklarim ezib-ezib

Surnay yig'lar jonimdan jon uzib-uzib

Karvon ketar yuraklarim ezib-ezib

Surnay yig'lar jonimdan jon uzib-uzib

展开显示全部歌词