Dona-Shohrux Ummon

Dona

歌手:Shohrux Ummon

专辑:Dona

时间:2025-05-31

    使用手机浏览器「扫一扫」

    在手机上保存,获得更好体验

标签
猜你喜欢的歌曲
歌词

Sani bu ko'zlaringda o'zimni ko'rmadim

Yoningda xotirjam baxtli tura olmadim

Negadir yuragimdan sani o'chirolmadim

Sog'inchlarimga qarshi hali hamon bormadim

Berolganing mani yuragimga bu dard alam

Chiroyinga aldanibman qoshlari qalam

O'zga bilan ligingni eslasam titrar tanam

Bugun xamrohim yolg'izlik va qorong'u xonam

Erkaliglaring oshib ketsa ham chegaradan

Shunchaki jim kuzatib turar edim naridan

Ishonardim bir kun kelib o'zgarasan deb

Baribir men chin yurakdan sevasan deb

Dona dona dona yuragimda eding yagona

Atrofimda eding parvona bugun esa bo'lding begona

Dona dona dona yuragimda eding yagona

Atrofimda eding parvona bugun esa bo'lding begona

Ko'rishib qolsak ham endi begonadek o'tamiz

Sog'inganmiz lekin barin ichimizga yutamiz

Ketamiz lekin baribir biz unutamiz

Deya o'zimizni aldaymiz sog'inchga botamiz

Ayriliqqa axir faqat o'zing qo'ydingku qadam

Yolg'onlarning girdobida sinib ketarkan odam

Dambadam og'riq kirib qolarkan bu yurakka

Yolg'iz o'zim dardlarimni so'zlab berdim falakka

Sen shunchalar go'zal eding bo'lgan edim mubtalo

Lekin sani xiylalaring boshimga bo'ldi balo

Tuyg'ularim o'yin qilding ey ko'zlari qaro

Axir hayotimdagi bitta eding dilrabo

Dona dona dona yuragimda eding yagona

Atrofimda eding parvona bugun esa bo'lding begona

Dona dona dona yuragimda eding yagona

Atrofimda eding parvona bugun esa bo'lding begona

展开显示全部歌词