Kim sevib kim sevilmay
armonlar ichra ketar
Kim quvonch kimlar alamdan
manzili sari yetar
Bu hayot ummonida
kimlar juftin izlaydi
Vatangado bo'lib kim
arosatda bo'zlaydi
Kimdir mehr ulashib
oromidan kechadi
O'zganing baxti uchun
bisotini sochadi
Hayot davom etar
davom etar hayot
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo
Hayot davom etar
orzu bo'lsin qanot
Lahzalarimizni mehrga to'ldirsin dunyo
Nokas esa payt poylab
ortingdan tosh otadi
Orsiz bir pulga ajab
vijdon u tan sotadi
Bu hayotda kim topar
kim nima yo'qotadi
Taqdir kimni qayoqqa
so'ramasdan otadi
Beshikdan to qabrga
kimlar qanday ketadi
Mehr ulashgan insonlar
Murodiga yetadi
Hayot davom etar
davom etar hayot
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo
Hayot davom etar
orzu bo'lsin qanot
Lahzalarimizni mehrga to'ldirsin dunyo
Hayot davom etar
davom etar hayot
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo
Hayot davom etar
orzu bo'lsin qanot
Lahzalarimizni mehrga to'ldirsin dunyo