Hasrat - Sardor Tairov
Lyrics by:Sardor Tairov
Composed by:Sardor Tairov
Mana hanuz bo'z ko'zlarimni bir hijron to'sar
Yoki umrim chog'im har dam bu dardlar bezar
Yod-u fikrim ne zamonki o'tlarga solib
Sevgidan kelgan a'lamlar bag'rimni ezar
Bilmadim qay bir fursat begonalar bo'ldi u yor
Bilmadim qay bir xato ayriliqqa etdi duchor
Bilmadim sevgi aybmi yo sevgan dilmi gunohkor
Bilmadim bilolmadim bilganim shu-begona yor
Hasratim bor ko'ksim uzra bu dardim talay
Yor mani ayro ayro etdi na qilay
Ket dedi hayotimdan men ham ketdim jim indamay
Boshimni qayga uray dilga davo kimdan so'ray
Hasratim bor ko'ksim uzra bu dardim talay
Yor mani ayro ayro etdi na qilay
Ket dedi hayotimdan men ham ketdim jim indamay
Boshimni qayga uray dilga davo kimdan so'ray
Ne dard bu darmoni hijron dilni qiynar har on oh yomon
Ne g'am bu farmoni armon dilni qiynar har on begumon
Kundan kun qiynar hijron yor vasling endi armon
Bir lahza endi seni ko'rmoqqa yo'qdir imkon
Ko'ksimda hijron dardi qaylarda bo'lma mayli bo'l omon bo'l omon