Charchadik Sev'gidan (Single Version) - Uzmir
Senga bag'ishladim borimni ammo foydasi ham bo'lmadi
Seni izladim lek charchadim nega yuragim hech to'lmadi?
Nega ayblading bilmadim yuragingda mehr yo'q edi
Nega sevaman deb aldading chunki senda sevgi yo'q edi
Balki orzularda ayb yo'q seni o'ylab telba bo'ldim
Senga bo'lgan tuyg'ularim tugab bo'ldi bo'ldi
Biz sevgan o'sha joy osmonlarda porlar oy
Lekin bariga nimadir kamlik qildi hoyna-hoy
Charchadik sevgidan tunlardek o'zgasidan
Lekin g'urur ustun bo'lib qolaverdi baridan
Aqlimga sig'madi lek xayollar tinmadi
Seni o'ylash bilan baland g'ururim ham sinmadi
Esla o'sha joylar osmondagi bu oylar
Bizni hamon birga bo'lishimizni ular poylar
Berib bo'lding kimga boringni tanlamading menday zoringni
Barcha tuyg'ularim xor etib ketding ko'zlaringga zor etib
Savollarim senga ko'p edi lekin tinglamading ularni
Afsus o'zing ketding bemalol xor etib tuyg'ularni
Yig'lama bor endi ko'zlarim zor edi o'sha paytlar
Yig'lama bor endi ko'zlarim zor edi o'sha paytlar
Baxtimni olib qo'ydi o'zgasi nega
Yorim ham tanlab ketdi o'zgasini nega?
Yana o'sha g'am eski holatdaman
Endi yuragimni kimga beraman?
Nega o'ynading tuyg'ularimni yorim
Nega yuragimga kirding ayt jonim?
Aldanib bo'lding gullarga bittada ko'nding kimlarga
Yor bo'lib qolding kimlarga?
Har tomoningda yo'llaring har qadamingda zorlaring
Lekin bittasi menday bo'lolmaydi yorlaring
Qara mana bir kunda-a yana begonaga aylandik
Qara bir kunda-a yana begonaga aylandik
Ko'zlaring sog'inib o'tirarman o'zim