Yog'ganda Qor - Ummon Guruhi
Lyrics by:Ummon Guruhi
Composed by:Ummon Guruhi
Bu ko'zlar nigohlar meniki edi kecha
Hammadan baxtli edim kecha
Sensizlikni o'ylamas edim yonimda eding
Lek bugun qaydan topay Lazizamni
Bu qaysi qilgan gunohim uchun
Taqdir tortib oldi mendan seni sog'indim seni
Bahor ketdi yoz ham o'tdi sensiz
Kuz ham o'tdi sovuq keldi qish sensiz
Sensiz bu dunyo tor dilga yog'ar ozor
Mayda parcha bo'lib yog'ganda oppoq qor
Yo'qotdim men seni topolmasman endi
Har gal yog'ganda qor qalbim og'rir meni
Bu tunlar sindirdi meni sog'inch ila
Sog'inch azobin bilmasdim sira
Sirlarimga belab seni asragim keldi
Lek sovuq olib ketdi zarracham mani
Hammadan sog'indim sani
Sho'r dengizga cho'kmoqdaman qutqar mani
Sog'indim so'gindim seni
Sochlaringni qoshlaringni seni
Sensiz bu dunyo tor dilga yog'ar ozor
Mayda parcha bo'lib yog'ganda oppoq qor
Yo'qotdim men seni topolmasman endi
Har gal yog'ganda qor qalbim og'rir meni
Sovuq qor har gal yog'ganida takror ko'z oldimga
Yor keladi yig'lab turib degani:"Bizning baxtimiz
Hech kim istamadi istamadi uydagilar ham
Mani fotiham bo'ldi"
Bo'ldi jim ortiq gapirma
Og'zingdan so'z emas otilmoqda o'qlar
Teshib tashlama yuragimni bunchalar
Unchalar kuch bilan uzib tashlama umidlarim
Oppoq qor
Ustiga oq ko'ylak kiyib turgan kelin mani yarim bo'lagim
O'z bo'lagimni kuzatib qo'ymoqdadir ko'zlarim
Otilgan so'zlaringdan qolgan yuragimdagi chandiq
Shu qo'shiq va qor
Unga qanchalar so'ginganim aytib yubor
Bor ko'zlarini qo'msab yashayabman bo'lib xor-u zor
Ko'chalarda ko'rib qolish etarmikin nasib ehtimol?
Faqat qachon? Qiynayveradi shu savol
Sensiz bu dunyo tor dilga yog'ar ozor
Mayda parcha bo'lib yog'ganda oppoq qor
Yo'qotdim men seni topolmasman endi
Har gal yog'ganda qor qalbim og'rir meni
Sensiz bu dunyo tor dilga yog'ar ozor
Mayda parcha bo'lib yog'ganda oppoq qor
Yo'qotdim men seni topolmasman endi
Har gal yog'ganda qor qalbim og'rir meni