Qayg'ularim ket - Yulduz Turdiyeva
Lyrics by:Yulduz Turdiyeva
Composed by:Yulduz Turdiyeva
Qayg'ularim ket alamlarim ket
Meni dilimni azoblaringdan mahrum et
Qayg'ularim ket ko'z yoshlarim ket
Kuchsiz dilimni hayollaringdan mahrum et
Sevgim bir dona deding men sevib aldandim
Mehribon bo'lar eding mehringdan xo'rlandim
Ishongan qalbimni armon yuzlatding sen
O'ylamading sen meni
Endi men qanday yashay bu azoblar bilan
Hazonga aylangan bu orzular bilan
Tunlari qiynalgan yuragim o'ylamading sen
Davo yo'q bu dardimga
Qayg'ularim ket alamlarim ket
Meni dilimni azoblaringdan mahrum et
Qayg'ularim ket ko'z yoshlarim ket
Kuchsiz dilimni hayollaringdan mahrum et
Atrofim muzlagandek to'xtagan go'yoki vaqt
Aldanganlar ko'pmi yo bir menmi faqat
O'tar bu kunlarim negadir mazmun yo'q hech
Sen bilmaysan buni
Qaniydi sog'inchimdan xalos etsam dilim
Qaniydi o'ylaringdan yiroq o'tsa tunim
O'zimdan kechgandim o'zim unutgandim men
Sen bevafo deb
Qayg'ularim ket alamlarim ket
Meni dilimni azoblaringdan mahrum et
Qayg'ularim ket ko'z yoshlarim ket
Kuchsiz dilimni hayollaringdan mahrum et
Qayg'ularim ket alamlarim ket
Meni dilimni azoblaringdan mahrum et
Qayg'ularim ket