Omadim new - Ulugbek Rahmatullaev
Hayot goh shirindir gohida taxir
Inson o'z taqdirini bilolmas axir
Ulkan tog'larga hech qilmay e'tibor
Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor
Ey ulkan tog'lar hech qilmay e'tibor
Kichik bir toshdan lek qoqilmay e'tibor
Omadim kelmadi sevgi bobida
Inson goh ojizdir hayot oldida
Sevgimga yetolmay egildi boshim
Aylanar bildirmay ko'zimda yoshim
Sevgimga yetolmay egildi boshim
Aylanar bildirma ko'zimda yoshim
Yongan yuragimni asta silayman
O'shal bevafoning baxtin tilayman
Hayot achchiq so'zini qancha aytmasin
Hech kimdan taqdirning oz'i qaytmasin
Hayot acchiq so'zini qancha aytmasin
Hech kimdan taqdirning o'zi qaytmasin
Omadim kelmadi sevgi bobida
Inson goh ojizdir hayot oldida
Sevgimga yetolmay egildi boshim
Aylanar bildirmay ko'zimda yoshim
Sevgimga yetolmay egildi boshim
Aylanar bildirmay ko'zimda yoshim