Meni Aldadi - Ummon Guruhi
Lyrics by:Shahzoda
Composed by:Shahzoda
Men seni boshqacha deb o'ylardim o'zgacha
Lek sen ham ekansan oddiy sen ham ekansan o'sha-o'sha
Aytgin bunchalar arzon bizni bog'lab turgan rishtalar bahosi
Bunchalar ham yolg'on ko'zlaring qarosi
Sening so'zlaringda yo'q haqiqat
Men oxiri shunga bo'ldim iqror
Men senga hamma sirlarim yig'ib
Aytib bergan ekanman bekor
Bugun yolg'iz o'zim dardlarimni
Yomg'irlarga aytib ovunaman
Sen meni tashlab ketgan jarlikdan
Albatta bir kun kelib qutulaman
Qaytib kelganda bahor
Erib ketganda so'nggi yog'gan qor
Bog'lar ichra takror
Ko'risholmaymiz diydor
Lablari meni aldadi
Tubsiz zulmatga tashladi
Oxir yolg'iz qoldirib
Hatto xayrlashmadi
Men seni boshqacha deb o'ylardim shu kungacha
Kuzatmasdim tekshirmasdim ishonardim o'tgan tungacha
Afsus shuncha yil adashib kelgan ekanman bugungacha
Shu kungacha men senga borimni berdim azizam
Bir umr birga bo'lamiz bo'lasan rafiqam
Deb o'ylardim afsus adashdim seni tanlab adashdim
Kimlar nimalar demadi sen haqingda
Men esa yoningni olib bo'ldim yoningda
Kulgim kelmasa ham kuldim kuldirganingda
Kuysang besh battar kuydim yuragim tubida
Ortimizdan gapirganlar bo'ldi haq
U esa aldardi ko'zlarimga tik qarab
Uzun qizil tirnoqlari bilan yuragimga
Ismin yozib ketdi atay o'chmas qilib tirnab
Olisdagi baxtlilar yordam qo'lin beringlar
Baxtsizlikdan charchadim meni olib ketinglar
Yolg'izgina Allohim o'zingdirsan guvohim
Yolg'izlikdan charchadim o'zing bo'lgin panohim
So'z demay ketgani xanjardan battar botdi
Yuragimga tuyg'ularimga
Malham bo'lib kelmadi o'zidan qolgan bitmas
Yaralarimga alamlarimga
Qaytib kelganda bahor
Erib ketganda so'nggi yog'gan qor
Bog'lar ichra takror
Ko'risholmaymiz diydor
Lablari meni aldadi
Tubsiz zulmatga tashladi
Oxir yolg'iz qoldirib
Hatto xayrlashmadi