
在手机上保存,获得更好体验
Bo'ri Bo'lsang - Sardor Mamadaliyev
Lyrics by:Sardor Mamadaliyev
Composed by:Sardor Mamadaliyev
Bo'ri bo'lsang bo'riday bo'l
Bo'rilarning zo'riday bo'l
Gar uvlasang ko'kdan yulduz to'kilsin
Ohularning jon choklari so'kilsin
Agar bunday qila olmasang
Unda itga cho'riday bo'l
Agar bunday qila olmasang
Unda itga cho'riday bo'l
Burgut bo'lsang burgut bo'lgin
Qanot yozsang ko'kka to'lgin
Osmon sendan shiddat kutar
Changalingda tog'ni ko'tar
Agar shunday qila olmasang
Unda tamom unut bo'lgin
Agar shunday qila olmasang
Unda tamom unut bo'lgin
Yigit bo'lsang yigit bo'lgin
Bo'ri ham sher burgut bo'lgin
Har bir so'zing qasaming bo'lsin
Mag'rib mashriq qadaming bo'lsin
Agar shunday bo'la olmasang
Bir so'z dema sukut bo'lgin
Agar shunday bo'la olmasang
Bir so'z dema sukut bo'lgin
Odam bo'lsang odamiy bo'lgin
Ahli iymon hamdami bo'lgin
Yaxshilarning yaxshisi bo'lgin
Yaxshilikning baxshisi bo'lgin
Agar shunday bo'la olmasang
Bu dunyoning bir kami bo'lgin
Agar shunday bo'la olmasang
Bu dunyoning bir kami bo'lgin
Bu dunyoning bir kami bo'lgin
Bo'ri bo'lsang bo'riday bo'l
Bo'ri bo'lsang bo'riday bo'l