Oq bulut - Layli va Majnun
Lyrics by:Shahbozbek Abdurahmonov
Composed by:Shahbozbek Abdurahmonov
Jonim nadur oq bulut
Ayta qolay quloq tut
U bir toshqin daryodir
Ro'yo emas ziyodir
Bag'ri to'la oq bulut
Nedir mo'jiza jonim
Yerning tog'i o'rmoni
Bizniki butun olam
Aslida xayol qilsam
Shudir mo'jiza jonim
Sensiz bahormas bahor
Hatto quyosh dilozor
Hajringda ko'ksim aro
Tunlarim bedor
Sen bo'lsangchi yonimda
Sen bo'lsangchi yonimda
Sen bo'lsangchi yonimda
Sen bo'lsangchi yonimda
Mendan baxtli odam yo'q
Butun olamda
Jonginam nadur osmon
Ko'zlaringdir mehribon
Boqishi jonga ofat
Undan yo'qdir halovat
Ana shu asli osmon
Nadur jonim sukunat
Bu ajib nozli xilqat
Vasli yor sari eltar
Sevishkanlar sayr etar
Shudir jonim sukunat
Sensiz bahormas bahor
Hatto quyosh dilozor
Hajringda ko'ksim aro
Tunlarim bedor
Sen bo'lsangchi yonimda
Sen bo'lsangchi yonimda
Sen bo'lsangchi yonimda
Sen bo'lsangchi yonimda
Mendan baxtli odam yo'q
Butun olamda
Sen va men bu ne ma'no
Bahordagi gul ra'no
Hatto yashnab qish chog'i
Yorga ochar quchog'in
Ana shu senu men
Ana shu senu men